Qachonlardir Venera sayyorasida ulkan okeanlar bo’lgan bo’lishi mumkinmi?

@ Google photos

Biz Mars sayyorasini, albatta ona Yerimizdan keyin, xayot uchqunlari bo’lgan bo’lishi mumkin bo’lgan sayyora deb o’ylashga o’rganib qolganmiz.  Lekin oxirgi ma’lumotlarga qaraganda bizning bahaybat qo’shnimiz qaynoq Venera sayyorasida xam qachonlardir ulkan okeanlar bo’lgan bo’lgan bo’lishi mumkin! Journal of Geological Research: Planets ilmiy jurnalida e’lon qilingan yangi kompyuter simmulyatsiya ma’lumotlariga ko’ra Venerada yuzasida qachonlardir ulkan okean va  “Parnik effekti ” jarayonlari bo’lgan bo’lishi mumkin. Bu haqda “Hi-news” xabar bermoqda.

Ilmiy jurnal ma’lum qilishicha, Venera atmosferasidagi karbonat angdrid gazi (CO2) va suvdan(H2O) dan iborat qulay aralashmasi xayot uchun juda qulay sharoit yaratgan bo’lardi. O’tgan yili Goddard fazoviy instituti astrofizigi Maykl Uey o’tqazgan tekshiruvlar davomida xam shunday kompyuter dasturi ishlab chiqilgan edi. Bu tekshiruvlar shuni ko’rsatadiki, 715 mln oldin Veneraning o’z o’qi atrofida aylanishining 116 yer sutkasiga teng sekinlashuvi (xozir 146 sutkaga teng)  uning yuqori atmosferasida qalin bulutli qatlam xosil qilgan va bu uning yuzasida xaroratning Selsiy buyicha 15 darajada bo’lishini taminlagan bo’lishi mumkin. Xozir Venera yuzasidagi xarorat 460 daraja issiqni tashkil qilgani uchun yuqoridagi taxmin olimlarni juda qiziqtirib qo’ydi.

Qachonlardir Venera shunaqa ko’rininishda bo’lgan bo’lishi mumkin, xech bo’lmaganda kompyuter modeliga ko’ra shunday bo’lgan.

Bu taxminni tadqiq qilishni davom ettirgan Versal-Sen-Kanten-an-Ivalin (Fransiya) universiteti ilmiy xodimi, planetolog Emmanuel Marsik va uning xam kasblari yuqoridagi kompyuter dasturidan foydalanib, Venerada sovugan lava zarrachalari va quyuq atmosfera orqali o’tib kelgan quyosh nurlarining o’zaro tasirini o’rganishdi. Unga ko’ra atmosferadagi karbonat angdrid gazining xattoki xozirgi miqdori va yerdagi suvning 10%i Venera yuzasida ulkan okeanlar xozil bo’lishi uchun yetarli bo’lgan!

Bu tekshiruvlar ekzoplanetalarni o’rganish axamiyatini yanada yorqinroq tushunishimizga yordam beradi – deydi Maykl Uey Science News jurnaliga bergan intervyusida.